Jahon | 10:17 / 10.08.2015
1519
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinada o‘tkazilgan birlamchi prezidentlik saylovlarida hukmron partiya vakili yetakchilik qilmoqda

Argentinada o‘tkazilgan birlamchi saylovlarda (primaries) hukmron partiya – “G‘alaba jabhasi” vakili Daniel Stsioli yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Dastlabki saylov natijalariga ko‘ra, Buenos-Ayres viloyati hokimi bo‘lgan Stsioli 36.6 foiz ovoz to‘plagan.

Ikkinchi o‘rinda Buenos-Ayres shahri hokimi Maurisio Makri (30.12 foiz). Kuchli uchlikka, shuningdek, 23.19 foiz ovoz to‘plagan Serxio Massa kirdi.

Prezidentlik saylovlari 25 oktabr kuni o‘tkaziladi. Amaldagi prezident – “G‘alaba jabhasi” vakilasi Kristina Fernandes de Kirshner uchinchi muddatga o‘z nomzodini ko‘rsata olmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish