18:29 / 10.08.2015
3445

YeChLning yangi mavsumi uchun rolik taqdim etildi

Ijtimoiy tarmoqda Yevropa Chempionlar Ligasining 2015-2016 yillardagi mavsumi uchun ishlangan yangi rolik paydo bo‘ldi.

30 soniyalik bu rolikning dastlabki qismida o‘tgan mavsumda YeChLning chorak finali ishtirokchisi "Chelsi" hamda yarim finalda ishtirok etgan "Bavariya", "PSJ" va "Real" jamoalarining o‘yinlaridan parchalar namoyish etilgan.

Lavha so‘ngida esa "Barselona" jamoasi futbolchilari YeChL Kubogini boshlari uzra ko‘tarayotganini ko‘rish mumkin.

Top