Sport | 08:50 / 10.08.2015
4035
1 daqiqa o‘qiladi

Futbolchilar jarohat olgan jamoadoshini shifokorlarga ishonmay, o‘zlari maydon tashqarisiga olib chiqishdi

Afrika Chempionlar Ligasi doirasida Tunisning “Mag‘rib Tetuan” va Sudanning “Al-Hilol” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda tunislik futbolchi jarohat oldi.

Yordamga yetib kelgan shifokorlar shoshib harakat qilishlari oqibatida o‘z harakatlarini muvofiqlashtira olmadilar. Futbolchi nosilkaga o‘tirganda oldindagi shifokor uni bir o‘zi ko‘tarib yuborishi oqibatida futbolchi to‘ntarilib ketishiga bir baxya qoldi.

Futbolchi oxir-oqibat ko‘tarilgandan keyin u muvozanatni saqlash maqsadida hakamning qo‘lini ushlab turganda shifokorlar oldinga qarab chopib ketdilar. Natijada hakamning qo‘lini ushlab turgan futbolchi nosilkadan yerga tushib ketdi. Buni ko‘rgan futbolchining jamoadoshlari achchiqlanib, shifokorlarga e'tirozlarini bildira boshladilar va oxir-oqibat jarohat olgan jamoadoshini o‘zlari maydon tashqarisiga olib chiqib ketdilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish