Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Inter" Balotellining o‘zini xarid qilish bo‘yicha bildirgan taklifini rad qildi
"Liverpul" jamoasining italiyalik hujumchisi Mario Balotelli o‘ziga yangi jamoa izlamoqda. U o‘tgan mavsumni asosan zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.
U birinchi navbatda o‘zining ilk jamoasi "Inter"ga murojaat qilgan, biroq rad javobini olgan.
24 yoshli futbolchining o‘zi esa "Al-Ahli"dan bo‘lgan taklifni rad qilgan va ayni vaqtda "Latsio"ga o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda.
U rimliklar YeChLning guruh bosqichiga chiqish yoki chiqmasligiga ko‘ra qaror qabul qilmoqchi.
Shuningdek, futbolchining xizmatlariga Italiyaning "Sampdoriya" va "Bolonya" jamoalaridan qiziqishlar mavjud.
Bundan oldinroq, Balotellining xizmatini uning yana bir sobiq jamoasi "Milan"ga ham taklif qilishgan va rad javobi olingan edi.