Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamberbetch muxlislaridan sahnada uni suratga olmaslikni iltimos qildi
London teatrida Gamlet rolini ilk bor ijro etayotgan britaniyalik aktyor Benedikt Kamberbetch muxlislaridan sahnada suratga olmasliklarini iltimos qildi. “The Independent” nashrida keltirilishicha, aktyor smartfonlar kameralari sahnada o‘z rolini ijro etishiga jiddiy xalal berishini aytgan.
“Telefonlardagi oq va qizil rangli yoritkichlar sahnada haqoratomuz va noxush hissiyotni uyg‘otadi”, deya izoh berdi aktyor navbatdagi teatr tomoshalaridan so‘ng. Shuningdek, u tomoshabinlarlarga smartfonlar emas, balki ularning xotirasida mustahkam qoladigan jonli hissiyotlarni yetkazish maqsadida ekanini ham ta'kidlab o‘tgan.
Ayni paytda aktyor Londondagi Barbican teatrida Shekspir qalamiga mansub pesada bosh rollardan birini ijro etmoqda. Spektakl premerasi esa 5 avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Bir yil oldin teatr chiptalari sotuvi boshlagan tomoshalar 31 oktabrga qadar davom etadi.
“Gamlet” spektaklidagi ijrosi aktyorning 2011 yil Denni Boyl sahna asaridagi Frankenshteyn rolidan keyingi birinchi rol hisoblanadi. O‘zbek tomoshabinlari uni BBCning “Sherlok” serialidagi bosh qahramon obrazi orqali yaxshi tanishadi. Ayni shu roli uchun u «Emmi» mukofotining “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyada g‘olib bo‘lgan.