Kislovodskda o‘z uyi oldidagi begona mashinani o‘g‘irlaganlikda ayblangan kishi hibsga olindi. Bu haqda "Bloknot Stavropol" nashri Stavropol o‘lkasi IIBga asoslanib, xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, 9 avgust kuni ushbu shaxs o‘zi istiqomat qiladigan ko‘p qavatli turar joy binosi oldidagi mashinalardan birini temir-tersaklar qabul qilinadigan punktga olib borib, topshirib yuborgan.
Mahalliy politsiya uni o‘sha kunning o‘zidayoq hibsga olgan. Aniqlanishicha, u muqaddam sudlangan shaxs hisoblanadi.
Bu hodisa o‘g‘rilik sifatida qayd etilib, tegishli tartibda jinoiy ish ochilgan.