Jahon | 10:55 / 10.08.2015
2807
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada sodir bo‘lgan aviahalokatda Armanistonning 4 fuqarosi qurbon bo‘lgani aytildi

Armaniston favqulodda xizmatlarining ta'kidlashicha, Moskva viloyatida yirik gidroplanning qulashi oqibatida 4 nafar armanistonlik halok bo‘lgan. Bu haqda “Novosti-Armeniya” agentligi xabar bermoqda.

“Armaniston qutqaruvchilari halok bo‘lgan vatandoshlarning nomlarini e'lon qildi, – deyiladi xabarnomada. – Bular Erik (8 yosh) va Ofeliya (10 yosh) Gelchyanlar hamda Larisa (25 yosh) va Paruyr (26 yosh) Manukyanlar”.

Ilgariroq Birinchi kanal voqea joyida bo‘lgan xodimining halok bo‘lganini xabar qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish