Jamiyat | 10:44 / 10.08.2015
3094
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyada so‘qir ayolni yo‘l boshlovchi iti tufayli McDonald's restoranidan haydab chiqarishdi

Norvegiyadagi McDonald's restoranlaridan birining xodimlari so‘qir ayoldan muassasani tark etishni talab qilishdi. Bunga sabab sifatida uning yo‘l boshlovchi it bilan binoga kirgani ko‘rsatildi.

Voqea so‘qir ayol Tina Mari Asikaynenning Facebook’dagi sahifasida yoritib berildi. Ayol Fredrikstad shahrida istiqomat qiladi. Ta'kidlanishicha, uning Reks laqabli itiga “yo‘l boshlovchi it” taxtachasi osib qo‘yilgan. Shunga qaramay, muassasa ishchilari undan restoranni tark etishni talab qilishgan. Ayol ovqatlanishni tamomlamasdan restorandan chiqib ketishga majbur bo‘lgan.

Kompaniyaning Norvegiyadagi matbuot kotibi ayoldan uzr so‘rab, “bunday dilxiralik sodir bo‘lmasligi kerak edi”, deb ta'kidladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish