Texnologiya | 21:36 / 10.08.2015
5582
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Skype, Viber, Telegram messenjerlari ishida kuzatilayotgan muammolar sentabrgacha hal qilinadi

O‘zbekistonda internet-xizmatlar yomonlashishi, shuningdek Skype, Viber, Telegram kabi ommaviy messenjerlar ishidagi muammolar 31 avgustgacha kuzatilishi mumkin, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.

Internet-provayderlar tomonidan tarqatilgan e'lonlarda bu holat “O‘zbektelekom” AJ hamkorlarining tarmog‘idagi profilaktik ishlari muddatining uzaytirilishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

O‘zbekistonlik internet foydalanuvchilar iyul oyi oxiridan beri Skype orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda muammolarga duch kelayotganlaridan shikoyat qilishmoqda. Messenjer orqali yuboriladigan matnli xabarlar muammosiz ishlamoqda. Bungacha profilaktik ishlar 8 avgustgacha tugashi kutilgandi.

O‘zbekistonning telekommunikatsiyalar milliy operatori “O‘zbektelekom” mamlakatning barcha provayderlari uchun o‘zining xalqaro kommutatsiya paketi orqali internetga kirishni ta'minlaydi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish