Sport | 16:31 / 10.08.2015
3776
1 daqiqa o‘qiladi

Rahim Sterlingning "Mersedes" rusumli avtomobili avariyaga uchradi

10 avgust kuni "Manchester Siti" safida APLdagi ilk o‘yinini "Vest Bromvich"ga qarshi o‘tkazish arafasida turgan yosh futbolchi Rahim Sterling jiddiy ko‘ngilsizlikka duch keldi.

Yangi mavsum arafasida "Liverpul"dan xarid qilingan 20 yoshli futbolchining agenti ma'lum qilishicha, uning 125 ming funt sterling turadigan "Mersedes" rusumli avtomobili London shahrida avariyaga uchragan. Mashinaning o‘rindiqlari ortida tezlikni oshirishda qo‘llanadigan qo‘shimcha moslamalar topilgan.

"Rahim bu vaqtda mashinada bo‘lmagan. U jamoa bilan mashg‘ulot maydoni hududida. Mashinani uning do‘sti boshqarayotgan edi", deb aniqlik kiritiladi The Sun nashrida.

Ma'lumot uchun, Sterling bundan avvalroq 2 marta tezlikni oshirgani uchun yo‘l-patrul xizmatlari tomonidan to‘xtatilib, jarimaga tortilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish