Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada erkak IKEA do‘konidagi xaridorlarga hujum qilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Shvetsiyada pichoq bilan qurollangan erkak IKEA do‘konidagi xaridorlarga hujum qilib qoldi. Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, oqibatda 2 kishi – bir ayol va bir erkak halok bo‘ldi, bir kishi jiddiy jarohatlar oldi.
Ushbu voqea Stokgolmdan g‘arbga tomon 100 km uzoqda joylashgan Vesteros shahrida sodir bo‘ldi. Noxush voqeadan keyin IKEA do‘koni joylashgan savdo markazi yopib qo‘yildi. Guvohlarning aytishicha, voqea do‘konning oshxona anjomlari bo‘limida sodir bo‘lgan.
Politsiyaning ma'lum qilishicha, jinoyatchi qo‘lga olingan. Unga qasddan odam o‘ldirish ayblovi qo‘yildi.