14:51 / 10.08.2015
14047

Toshkent yangi akvapark foydalanishga topshirildi

Joriy yilning 10 avgust kunidan boshlab Toshkent shahar Sergeli tumanidagi Sergeli-8 mavzesida yangi akvapark ish boshladi.

Bu haqda uz24.uz internet-nashri xabar tarqatdi. Manbaning yozilishicha, mazkur cho‘milish markazi 3ta – bitta katta va ikkita kichkina suv havzalaridan iborat.Hududda uchta ovqatlanish markazi va va bolalar xonasi tashkil qilingan.

Park ma'muriyati bergan ma'lumotlarga ko‘ra, kelgusi yili bu hududda ulkan restoran quriladi.

Parkka kirish hafta kunlariga qarab 40 000 dan 50 000 so‘mga qadar narxlarda belgilangan.

Top