23:39 / 10.08.2015
4375

Xitoylik xakerlar 2010 yildan beri AQSh amaldorlarining shaxsiy yozishmalarini kuzatib borishgan

AQSh razvedkasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda NBC News tomonidan chop etilgan hisobotda xitoylik xakerlar 2010 yildan beri AQShning yuqori lavozimli amaldor shasxlarining elektron pochtalariga kirishgani aytilmoqda.

Rasmiy yozishmaning ushlanishi haqidagi ilk holat 2010 yilning aprelida qayd qilingan. Shundan keyin Xitoy tomonidan kuzatuv hozirgacha olib borilmoqda.

Hisobotda ta'kidlanishicha, xakerlar ma'lumotlardan u yoki bu odamning AQSh milliy xavfsizligi yoki savdo xizmati xodimi ekanini aniqlashga urinadilar. 

Top