Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada ikki yil ichida ilk bor yadro reaktori qaytadan ishga tushiriladi
Yaponiyada 2013 yildan buyon ilk marotaba yadro energiyasidan foydalanish boshlanadi. Kyushu Electric Power kompaniyasi «Senday» AESdagi dastlabki reaktorni 11 avgust kuni ishga tushirishini ma'lum qildi.
Reuters axborot agentligining xabar qilishicha, reaktor Tokiodan taxminan ming kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, Kyushu Electric Power kompaniyasi ikkinchi reaktorni oktabr oyida ishga tushirishni rejalashtirgan.
Britaniya Qirollik kolleji katta ilmiy xodimi Malkolm Grimosonning fikricha, yapon hukumati nafaqat elektr energiyasi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirmoqchi, balki dunyoga mamlakat atom elektr stansiyalaridan xavfsiz foydalana olishini ham ko‘rsatmoqchi.
Biroq ko‘pchilik yaponiyaliklar 2011 yil mart oyida «Fukusima» AESda yuzaga kelgan halokat tufayli mamlakatda yadro reaktorlarining qaytadan ishga tushirilishiga qarshi chiqishmoqda. O‘shanda atmosferaga radioaktiv moddalarning chiqarib yuborilishi sababli 160 mingdan ziyod aholi o‘z uylarini tashlab ketishiga to‘g‘ri kelgan, 2013 yilning sentabr oyida esa mamlakatdagi barcha 48 ta AES reaktorlari o‘chirilgan edi.