Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 18:10 / 11.08.2015
1539
1 daqiqa o‘qiladi
Adama Traore "Aston Villa" bilan shartnoma imzolaydi
"Barselona B" jamoasining 19 yoshli ispaniyalik hujumchisi Adama Traore yaqin vaqt ichida Angliyaning "Aston Villa" jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.
As nashrining xabar berishicha, tomonlar 3 yillik shartnoma imzolashadi va kelgusida shartnomani yana uzaytirishlari mumkin.
Biroz oldinroq, bu futbolchiga Angliyaning boshqa bir jamoasi "Liverpul" tomonidan qiziqish bildirilayotgani haqida xabar berilgandi.
Ushbu yosh hujumchi o‘tgan mavsumda jamoasi safida 37 o‘yinda 3ta gol urgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish