Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonla filmlar suratga olish uchun smeta tuziladi
“O‘zbekkino” milliy agentligi va moliya vazirligining qo‘shma qarori bilan ishlab chiqarish, moliyalashtirishning yillik hajmlarini shakllantirish, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish haqidagi Nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, filmlar va boshqa kinomahsulotlarning yillik moliyalashtirish hajmlari davlat byudjyeti hisobidan shakllantirilib, “O‘zbekkino”ning bir moliyaviy yil uchun tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida sarflanadi.
Davlat buyurtmasini bajarish uchun “O‘zbekkino” yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi. Smeta tomonlarning roziligi bilan tuziladi. Ish hajmlari bajarilgach, hamkorlikda hisobot beriladi.