Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 19:04 / 11.08.2015
2528
1 daqiqa o‘qiladi
iPad mini 4 plansheti Apple kompaniyasining eng yupqa plansheti bo‘ladi
iPad mini 4 plansheti Apple kompaniyasining eng yupqa plansheti bo‘ladi. Uning qalinligi 6,1 mm.ni tashkil qilishi kutilmoqda. Bu haqda kompaniyaning ichki ma'lumotlari haqida xabar beruvchi @OnLeaks tvitter akkaunti xabar tarqatgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi planshet xuddi iPad Air 2: 8 megapikselli iSight kamerasi, A8 protsessori va 2 GB tezkor xotira o‘rnatilgan bo‘ladi. Uning diagonali oldingi ko‘rinishini saqlab qolgan holda 7,9 dyuymni tashkil qiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish