Yaqin orada boshlanadigan Ispaniya chempionatining ba'zi uchrashuvlari boshqa sanalarga ko‘chirildi, deb xabar bermoqda As ispan nashri.
“Real” va “Barselona” o‘rtasidagi birinchi “el-klasiko” uchrashuvi 8 noyabrdan 22 noyabrga ko‘chirildi, ikkinchisi esa 10 aprelda bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, Ispaniya Kubogi finali avval rejalashtirilgandek 21 mayda emas, balki 7 mayda bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, mavsum boshlanishi muddati ham o‘zgartirildi. Liga prezidenti Xaver Tebas chempionat 15 avgustda boshlanishini talab qilmoqda, biroq Ispaniya oliy sport sudi chempionatga 22 avgustda start bermoqchi.