Sport | 21:20 / 11.08.2015
4308
1 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» futbol klubida yangi prezident ish boshladi

"O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyati rahbariyatining qaroriga muvofiq “Lokomotiv” futbol klubida prezident o‘zgardi.

Shu vaqtga qadar klubni boshqarib kelgan Ikramov Ravshan Xursanovich o‘rniga Rajabov Mansur Kuchkarovich klubning yangi rahbari etib tayinlandi.

"Bundan buyon “Lokomotiv” futbol klubini prezident sifatida “O‘zbekiston temiryo‘llari” tizimida ishlab kelgan Rajabov Mansur Kuchkarovich boshqaradi", deyiladi jamoa rasmiy sayti xabarida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish