Jahon | 03:18 / 11.08.2015
2774
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada halokatga uchragan samolyot uchuvchisining uchuvchilik guvohnomasi bo‘lmagani ma'lum bo‘ldi

Moskva viloyatidagi Istra suv ombori ustida vertolyot bilan to‘qnashib ketgan Cessna samolyotining uchishga yaroqlik sertifikati bo‘lmagan, deb Rosaviatsiyaga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.    

Ma'lum qilinishicha, samolyotni boshqargan uchuvchining ham uchuvchilik guvohnomasi bo‘lmagan.  

Gidroplan ko‘rinishidagi samolyotning egasi uni boshqargan shaxs undan so‘ramasdan samolyotni olib, o‘zboshimchalik bilan boshqarganini ma'lum qilgandi.

Vertolyot va samolyotning to‘qnashishi oqibatida ularning bortida bo‘lgan barcha 9 kishi halok bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish