O‘zbekiston | 10:40 / 11.08.2015
2619
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda mahalliy iste'mol tovari ishlab chiqaradiganlarga imtiyozlar berildi

Moliya, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklari, davlat soliq va bojxona qo‘mitalarining qo‘shma qarori bilan “Tasdilqangan mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliy dasturga kiritgan korxonalar quyidagilarni to‘lashdan ozod qilinadi:
Mahalliylashtirish loyihalari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan, yagona soliq to‘lovidan;
Mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan;
Chetdan olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan komponentlar uchun bojxona to‘lovlaridan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish