Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Platini FIFAdagi mojarolar Rossiyaning JCh-2018 turnirini qabul qilishiga xalaqit bermasligini aytdi
FIFAda sodir bo‘lgan korrupsiya bilan bog‘liq mojaroli holatlar Rossiyaning 2018 yilgi jahon chempionatini o‘zida qabul qilishiga xalaqit bermaydi. Bu haqda UYeFA prezidenti Mishel Platini bayonot bergan, deb yozadi TASS nashri.
«Jahon chempionatini o‘tkazish masalasi hal qilib bo‘lingan. Yaqinda ijroqo‘m ham buni yana bir bor tasdiqladi», deydi Platini.
UYeFA rahbari 2016 yilning 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidentligi uchun nomzodlardan biri sanaladi. Shuningdek bu nomga sobiq futbolchilar David Jinola, Diyego Maradona, Ziko, shuningdek Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husayn, FIFA sobiq vitse-prezidenti va Koreya futbol assotsiatsiyasi sobiq rahbari Chon Mondjun va Liberiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Musa Biliti nomzodlik qilishmoqda.