20:47 / 11.08.2015
3423

Qarshida soliqlarni yashirgan va moliyaviy jinoyatlar sodir etgan OAJ rahbari qo‘lga olindi

Qarshi shahridagi “Qarshi markaziy buyum savdo kompleksi” OAJ boshqaruvi raisi Nigmatulla Salyamov jamiyatga tegishli yirik miqdordagi pullarni o‘zlashtirganlikda va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.
Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik ishlari taftish qilinganda Salyamov bosh hisobchi T. Rahmatov bilan sherikchilikda 2013 yilda tushgan 91 mln so‘mlik tushumni yashirgani, yalpi tushumdan mahalliy byudjyetga 50 foiz to‘lov bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan 36 mln so‘m, pensiya jamg‘armasiga 1 mln so‘m, jami 38 mln so‘mdan ortiq soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaganligi aniqlandi.
Shuningdek, guruh a'zolari fuqarolar tomonidan moliyaviy yordam sifatida jamiyatga to‘lab berilgan 260 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgani aniqlandi.
Bozor hududida amalga oshirilgan qurilishlar bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarda esa Salyamovga jamiyatning qurilish bo‘yicha mutaxassisi A. Jumanov va “Alp” MChJ raisi A. Shomirovlar sheriklik qilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar va Muborak tuman sudlari N. Salyamov, T. Rahmatov, A. Jumanov va A. Shomirovlarga tegishli jazoni belgiladi.

Top