Jamiyat | 08:45 / 11.08.2015
3658
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘rg‘ontepadagi “Muruvvat” bolalar internat uyida eng orasta qizlar aniqlandi

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan “Muruvvat” bolalar internat uyida “Orasta qizlar” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, tanlov ishtirokchilari bilag‘onlik, bichish tikish, kuylash, so‘zlar, she'r va nasriy matnlarni ifodali o‘qib berish va sahna asarini ijro etish shartlari bo‘yicha o‘zaro bahs olib borishdi.

Sakkiz nafar ishtirokchining har biri o‘z oldiga qo‘yilgan barcha shartlarni a'lo darajada bajarib, olqishlarga sazovor bo‘lishdi. Ayniqsa, “Andijon polkasi”ni mahorat bilan ijro etgan ishtirokchi yoki ijtimoiy hayot qiyofasi aks etgan sahna asarini ijro etgan boshqa qatnashchining chiqishlari yuqori ballarga baholandi.

“Nima uchun bolalar “Muruvvat” uyiga tushib qoladi” deb nomlangan sahna asarini ko‘pchilik ko‘zidagi yoshi bilan tomosha qilishdi. Unda yoshlarning nodonligi va ehtiyotsizliklari sababli bolalar internat uylari tushib qolayotgani, davlatimiz esa tarbiyachilar qiyofasida bolalarni o‘z bag‘riga olayotgani mahorat bilan aks ettirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish