21:05 / 11.08.2015
4368

Saudiya Arabistoni Rossiyaning “Iskander” majmualarini sotib olishni muhokama qilmoqda

Saudiya Arabistoni Rossiyaning “Iskander” operativ-taktik raketa majmualarini sotib olishni muhokama qilmoqda. Bu haqda Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Odil al-Jubayr Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra ma'lum qildi.

Odil al-Jubayrning aytishicha, Rossiyada qurol-aslahalarining yetkazilishi faol muhokama qilinmoqda va yaqin orada bu borada shartnoma imzolanishi mumkin.

“Oxirgi ikki oy ichida bizning harbiy delegatsiyalarimiz bir necha bor Rossiyaga tashrif buyurdi. U yerda qurol-aslaha turlari bo‘yicha atroflicha suhbat bo‘lib o‘tdi. Ishonchim komilki, yaqin orada shartnoma tuziladi”, deb ta'kidlamoqda al-Jubayr.

Top