22:56 / 11.08.2015
3100

Singapur dollarining AQSh dollariga kursi oxirgi 5 yil ichida eng past ko‘rsatkichni qayd etdi

Xitoydagi yangiliklar ortida Singapur dollarining AQSh dollariga kursi 1,4 foizga tushib, oxirgi 5 yil ichida rekord darajadagi past natijani qayd qildi. Ayni paytda 1,40 singapur dollari 1 AQSh dollariga baholanmoqda.

Singapur dollarining kursi Osiyo mintaqasida Xitoy valyuta bozoridagi vaziyatga eng ta'sirchan valyuta hisoblanadi.

Xitoy Xalq banki 11 avgustda yuanning dollarga rasmiy kursini oxirgi 20 yil ichidagi rekord darajadagi past ko‘rsatkichga – 1,9 foizga pasaytirdi. Hozirda 1 AQSh dollari 6,2298 yuanga baholanmoqda. 

Top