Sport | 22:13 / 11.08.2015
1953
1 daqiqa o‘qiladi

Slutskiy Rossiyani Yevro-2016ga olib chiqsa, terma jamoani JCh-2018da ham boshqaradi

Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutkoning aytishicha, agar Leonid Slutskiy Rossiya termasi bilan Yevro-2016 saralashida muvaffaqiyatga erishsa, RFI TsSKAdan uning huquqlarini to‘liq sotib oladi.

Slutskiy Rossiya terma jamoasini Yevro-2016 saralashi bosqichi oxirigacha boshqaradi, agar yo‘llanmani qo‘lga kiritsa - terma jamoani qit'a chempionatiga olib boradi.

"Hozircha Slutskiyni to‘rtta o‘yin uchun oldik. Agar uning omadi kelsa, biz uning shartnomasini sotib olamiz va u terma jamoa bilan Jahon chempionatigacha ishlaydi. Menimcha, u buni uddalaydi", - deydi Mutko.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish