Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorning xodim yollash tartibiga o‘zgartish kiritildi
O‘zbekiston prezidentining 15 mayidagi PF-4725 raqamli farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan 31 iyul kuni qaror qabul qilinib, yakka tartibda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartishlar kiritildi.
Ekspert Yelena Yermoxinaning aytishicha, nizom yuridik shaxs yaratilmaydigan oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari uchun amal qilmaydi.
O‘zgartishlarga ko‘ra, yakka tartibda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarning ishchi yollash tartibiga rioya qilishi davlat soliq qo‘mitasi tomonidan nazorat qilinadi.
Asosiy yangilik esa quyidagidan iborat: tadbirkor ishchi yollash uchun dastlab bank hisobi ochishi talab qilinadi. Tadbirkor bilan mehnat munosabatlaridagi jismoniy shaxslar uning nomidan hujjat imzolash huquqiga ega bo‘lmaydi va yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ko‘rilmaydi. Yakka tartibda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxs bir necha turdagi xizmatlar ko‘rsatayotgan yoki faoliyat amalga oshirayotgan taqdirda uchdan ortiq ishchi yollash huquqiga ega emas.