Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tinchlikka qarshi jinoyat qilgan o‘zbekistonliklar fuqarolikdan mahrum qilinadi
10 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Prokuratura to‘g‘risida”gi, “Me'yoriy-huquqiy aktlar to‘g‘risida”gi qonunlarga ham ma'lum o‘zgartishlar kiritildi.
Qonun parlamentning quyi palatasi tomonidan 29 iyul kuni qabul qilinib, 6 avgust kuni Senat tomonidan ma'qullandi. 11 avgust kuni qonunning OAVda e'lon qilinishi bilan u kuchga kirdi.
Qonun bilan, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha kiritildi.
Qonunning yangilangan 21-moddasiga ko‘ra, “shaxs jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganda, xorijiy davlat foydasiga faoliyat yuritganda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat sodir etganda” fuqarolikdan mahrum qilinishi mumkin.
Ushbu tartib prezidentning tegishli farmoni e'lon qilingan kundan kuchga kiradi.