Texnologiya | 08:48 / 11.08.2015
3655
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada fotograf kadridan qochishga yordam beradigan ko‘zoynak yaratildi

Yaponiyaning Milliy informatika instituti olimlari maxsus ko‘zoynak yaratishdi. Mahalliy OAVda ta'kidlanishicha, u tufayli fotokamera obektivi avtomatik tarzda inson yuzida fokus jamlay olmaydi.

Bunday natijaga ko‘zoynak linzalari yasalgan maxsus material tufayli erishiladi. Bundan tashqari, linza notekis bo‘lib, bir qancha burchaklarga egadir.

Shu tariqa, fotokamer obektivlari inson yuziga fokus ololmay, uni fon unsuri sifatida qabul qiladi. Sinov davomida yangi kashfiyot zamonaviy texnikani 90 foiz vaziyatda “laqillata” oldi.

“Bizning Privacy Visor nomli mahsulotimiz bunday texnologiya qo‘llangan dunyodagi birinchi ishlanmadir. Tashqi qiyofa insonning o‘ziga xos guvohnomasi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatdir. Uni himoya qilish usuli bo‘lishi kerak”, – dedi institut professori, tadqiqotchilar guruhi a'zosi Isao Etidzen.

Shu bilan birga, ishlanma jamoat xavfsizligini ta'minlashda ayrim muammolar keltirib chiqarishi mumkin, negaki ushbu ko‘zoynakni kiygan odam amalda kameralar uchun “ko‘rinmas inson”ga aylanadi.

Bundan tashqari, ko‘zoynak ko‘rish maydonini birmuncha qisqartiradi. Shuningdek, uni taqqan holda mashina haydash avtohalokat keltirib chiqarishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish