Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadagi «Fukusima-1» AES halokatidan so‘ng ilk marotaba atom reaktori ishga tushirildi
Yaponiyalik mutaxassislar «Fukusima-1» AESda sodir bo‘lgan halokatdan so‘ng birinchi marta Janubiy Kyusyu orolida joylashgan «Senday» AES reaktorini qaytadan ishga tushirdi.
Kyushu Electric Power Co. kompaniyasi xodimlari ish olib borayotgan atom reaktori uch kundan so‘ng elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlaydi. Yaqin kunlarda «Takaxama» AESning yana ikkita reaktori ham ishga tushishi kutilmoqda.
Atom energiyasidan foydalanishga o‘tish orqali Yaponiyada so‘nggi to‘rt yil ichida chorak barobarga oshgan elektr energiyasi narxini pasaytirish imkoni tug‘iladi.