18:55 / 12.08.2015
39251

“IShID” xakerlari amerikalik harbiylarning shaxsiy ma'lumotlariga kira olishganini ma'lum qildi

“IShID” terrorchilik guruhi bilan hamkorlik qilishini ta'kidlayotgan xakerlar bir necha boshqarmalarda ishlaydigan amerikalik harbiylarning ismlari, telefon raqamlari, manzillari va elektron pochtalariga parollarga kira olishganini ma'lum qilishdi. Bu haqda NBC News ma'lum qildi.

Kiberxavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi Flashpoint Intelligence kompaniyasi kiberjinoyatchilar e'lonining haqqoniyligini tasdiqlay olmasligini ma'lum qildi.

AQSh Mudofaa vazirligi ham xuddi shunday izoh berdi. Vazirlik vakillari xodimlar xavfsizligi hali ham ustuvor ekanini ma'lum qildilar.

Xakerlar AQSh harbiy-havo kuchlari, harbiy-dengiz kuchlari, NASA, Nyu-York va Nyu-Jyersi shtatlaridagi port xizmatlari xodimlarining shaxsiy ma'lumotlarini qo‘lga kiritganlari haqidagi xabar “IShID” bilan hamkorlik qilishda gumonlanuvchi Abu Huseyn al-Britani (haqiqiy ismi Junayd Huseyn)ning tvitterdagi akkauntida paydo bo‘ldi.

Bu xabardan keyin Al-Britanining akkaunti to‘sib qo‘yildi. U o‘zi taqdim qilgan ma'lumotlar qanchalik yangiligi va hozirda dolzarbmi-yo‘qmi ekanligiga aniqlik kiritmagan. Al-Britani ushbu ma'lumotni quyidagicha izoh bilan chop etdi: “Biz ularning qirg‘in qilish ro‘yxatlarida bo‘lsak, ular biznikida bor”. Express britan gazetasining yozishicha, gap 1,4 mingdan ko‘proq amerikalik harbiy haqidagi ma'lumotlar haqida ketmoqda.

Top