23:38 / 12.08.2015
4948

Argentinalik simulyant bokschi internet yulduziga aylandi

Argentinalik bokschi Markos Martines dominikalik bokschi Braulio Rodrigesga qarshi jangni ataylab yutqazib berganlikda ayblanmoqda. 8 avgustda Urugvay poytaxti Montevideo bo‘lib o‘tgan jangning YouTube videoportaliga qo‘yilgan videoroligini 1,5 mln ga yaqin odam ko‘rishga ulgurdi.

Jang 2-raundda texnik nokaut hisobiga Rodrigesning g‘alabasi bilan yakunlandi. Argentinalik bokschi bir nechta zarbadan keyin ringga ag‘darilib, o‘rnidan turib o‘zining burchagiga yo‘l olayotganda talmovsirab yana yiqilib tushdi. Biroq videoda dominikalik bokschi tomonidan berilgan 4 ta badan birortasi ham Martines boshiga tegmaganligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Qayd etish joizki, jang Butunjahon boks kengashi talqini bo‘yicha Lotin Amerikasi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun o‘tkazilgan edi.

Internetda argentinalik bokschining nokautni simulyatsiya qilgani borasida ko‘plab bahs-munozara yuzaga keldi. “Bu Mikki Rurkning jangidan ham battarroq bo‘ldi”, deb yozdi Check Hook Boxing forumi foydalanuvchilaridan biri 2014 yil kuzda Moskvada gollivudlik aktyor ishtirokida bo‘lgan jangga shama qilib.

Boshqa bir foydalanuvchi xuddi shunga o‘xshash tugagan Martinesning yana bitta jangini esga oldi. 2013 yilning sentabrida braziliyalik bokschi Adeilson Dos Santos bilan jangda Martines hech qanda nokautga olib keluvchi zarbalar olmasdan, ringga yiqilib, 2 daqiqagacha o‘ziga kelmay ringda yotgan edi. 

24 yoshli Martines 17 g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyatga ega. Bokschi ikkinchi o‘rta vazn toifasida (58,87 kg gacha) ishtirok etadi. 

Top