Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda etnoqishloqlar yaratiladi
Buxoro viloyatida kechki o‘rta asrlar qiyofasi yangi etnoqishloqlarda qayta tiklanadi. Bu haqda “O‘zbekturizm” MK Buxoro hududiy bo‘limi bosh mutaxassisi B. Idiyev ma'lumot berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, 2013-2015 yillarda turizmni rivojlantirish hududiy dasturida viloyat markazidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda XVII-XVIII asrlarda mavjud bo‘lgan etnik qishloqlarni yaratish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilgan.
Unda shahar mehmonlari o‘sha asr shart-sharoitlari bilan tanishib chiqishlari mumkin bo‘ladi. Mehmonlarni qabul qilish shu yilning o‘zidan boshlanadi.