Jahon | 14:45 / 12.08.2015
2024
1 daqiqa o‘qiladi

Estoniya Ukrainaga Donbass ayirmachilari safida jang qilgan shaxsni qaytaradi

Estoniya sudi Ukrainaga Donbassda turib jang qilgan, Ukraina fuqarosi bo‘lgan jangarilardan birini qaytarishga qaror qildi. Bu haqda Eesti Paevaleht nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, bunday holat Estoniyada birinchi marta kuzatilmoqda. Oldinroq, Estoniya politsiyasi Vladimir (familiyasi noma'lum) ismli fuqaroni qo‘lga olgandi. U tekshirilganda uning yonidan o‘qotar qurollar va jang qilish uchun zarur ayoshlar topilgan. Vladimir ikki marotaba Luganskda bo‘lgan va ikki safar ham jangarilar safida jang qilgandi. Bir muddat muqaddam u ko‘chada yuzaga kelgan mojaro natijasida qotillikka qo‘l urgan, lekin jazodan qutulib qolish maqsadida Estoniyaga qochib ketgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish