Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Superkubogi. Messi o‘z faoliyatida birinchi marta bir o‘yinda jarimadan ikki to‘p kiritdi
11 avgust kuni Gruziya poytaxti – Tbilisidagi Boris Paychadze nomidagi “Dinamo-Arena” stadionida Yevropa Superkubogi uchun bo‘lib o‘tayotgan “Barselona”- “Sevilya” uchrashuvida kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi o‘z faoliyatida birinchi marta bir o‘yinda jarimadan ikki to‘p kiritdi. "Barsa" tarkibida 3-to‘pni Rafinya kiritdi. Uchrashuvning 1-bo‘limi o‘z nihoyasiga yetdi. Jamoalar tanaffusga chiqib ketishdi. Hisob 3:1.

Qayd etish joizki, "Sevilya"ning hozircha uchrashuvdagi yagona to‘pini jamoa yarimhimoyachisi Ever Banega ham jarimadan amalga oshirdi.

Barcha gollarni Instagram'dagi TRIBUNA.UZ kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin!
Barsa - Seviliya 1-1 Messi ⚽ 7'Final UYeFA Super kubok
Posted by Tribuna.uz on 11 avgusta 2015 g.
Nima yegan bu bola bugun?Barsa - Seviliya 2-1Messi ⚽ 15'#leomessi
Posted by Tribuna.uz on 11 avgusta 2015 g.