12:33 / 12.08.2015
3013

Internet orqali uyda narkotik tayyorlashni o‘rgangan toshkentlik giyohvand sudlandi

Toshkentlik 1987 yili tug‘ilgan Leonid Sergeyev giyohvand moddalar saqlaganlikda ayblanib sudlandi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, Sergeyev internetdagi saytlar orqali uy sharoitida marixuana tayyorlashni o‘rgangan. So‘ng u Sirg‘ali tumanining bir chetida yovvoyi holda o‘sayotgan nasha o‘simligidan o‘ziga kerakli moddalarni ajratib olib, uyiga olib ketmoqchi bo‘lgan. Ammo “O‘zgarish” postida u huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Uning yonidan 952.16 gr giyohvand modda topildi.

Top