Sport | 11:54 / 12.08.2015
1983
1 daqiqa o‘qiladi

Kaka: ""Real Madrid" Benzemani osonlikcha qo‘yib yubormaydi"

“Orlando Siti” yarim himoyachisi,  2009-2013 yillarda “Real Madrid”da to‘p surgan Kaka o‘zining sobiq jamoasi Karim Benzemani “Arsenal”ga qo‘yib yuborishiga ishonmasligini ma'lum qildi.

“Men Benzemani bugungi kundagi eng kuchli hujumchilardan biri deb hisoblayman. Shu sababli “Real” uni osonlik bilan qo‘yib yubormaydi. Bordiyu “Arsenal” Karimni sotib oladigan bo‘lsa, juda kuchli futbolchiga ega bo‘ladi”, – dedi Kaka.

Ma'lumot uchun, Benzema “Read Madrid” tarkibida 2009 yildan beri to‘p suradi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish