Sport | 19:34 / 12.08.2015
3150
1 daqiqa o‘qiladi

Kosta-Rika termasi bosh murabbiyi stadion qo‘riqchisi bilan mushtlashib ketdi

Kosta-Rika terma jamoasi bosh murabbiyi Paulo Vanchope stadion qo‘riqchisi bilan mushtlashib ketdi.

Bu voqea Olimpiada—2016 saralashining Kosta-Rika va Panama (0:0) yoshlari o‘rtasidagi uchrashuvi vaqtida bo‘lib o‘tdi.

O‘yinni tribunadan tomosha qilayotgan Vanchope hakamning qaroridan norozi bo‘lib u tomon talpinganida qo‘riqchilardan biri uni maydonga tushishiga yo‘l qo‘ymagan, oqibatda mushtlashuv yuzaga kelgan.

Janjal politsiya aralashuvi bilan tugagan.


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish