09:41 / 12.08.2015
3334

Microsoft kompaniyasi PowerPoint’ga raqobatchi dastur taqdimotini o‘tkazdi

Microsoft kompaniyasi Sway dasturining taqdimotini o‘tkazdi. Ushbu dastur taqdimotlar, hisobotlar va raqamli lavhalar tayyorlashga mo‘ljallangan. Aytilishicha, u mashhur PowerPoint dasturini ushbu bozordan siqib chiqarishi mumkin.
PowerPoint’dan foydalanish taqdimotlar yaratishda allaqachon oddiy holga aylanib ulgurgan. Shu bilan birga, uning imkoniyatlari barcha konferensiyalar va tadbirlarda qayta-qayta namoyish etilgani bois biroz eskirganday tuyuladi. Sway esa bu sohaga yangilik olib kirishga, taqdimotlardan ko‘p foydalanuvchilarga yangi imkoniyatlar berishga mo‘ljallangan.
Uning PowerPoint’dan ustun tomonilari sifatida quyidagilar ko‘rsatilmoqda:
Barcha platformalarda qo‘llash imkoniyati – Sway’ning veb-versiyasidan foydalanish yoki uning Windows 10, iPhone va iPad’ga mo‘ljallangan versiyalarini ko‘chirib olishingiz mumkin.
Veb-kontent bilan integratsiya – Sway internet bilan birgalikda ishlashga ixtisoslashtirilgan. Bir necha oson harakatlar bilan slaydlarga Twitter, Facebook va Pinterest’dagi postlarni, OneDrive, YouTube, SoundCloud, Vine, Vimeo, Flickr, Giphy’dagi multimedia materiallarini joylashtirish mumkin bo‘ladi.
Soddalik – PowerPoint professional dasturi hisoblanadi, Sway’da esa maxsus ko‘nikmalarsiz ishlash mumkin.
Nihoyat, dastur bepuldir. Uni Microsoft’da o‘z sahifasiga ega har qanday foydalanuvchi ko‘chirib olishi mumkin.

Top