17:51 / 12.08.2015
3456

Navoiyda dunyoga kelgan 3 nafar egizakka 300 ming so‘m ajratildi

Navoiy viloyati Uchquduqda «Qulquduq» ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi Baubek Bazarov oilasida 3 nafar egizak farzand — bir o‘g‘il va ikki qiz dunyoga keldi. Bu haqda "Telegraf.uz" nashri xabar bergan.

"Nabiralarimning dunyoga ke­li­shi biz uchun unutilmas kun bo‘ldi. Yaxshi niyatlar bi­lan ularga Diydar, Dinara, Di­lara, deb ism qo‘ydik. Kat­tasi o‘g‘il, ulg‘aysa singil­la­rining himoyachisi bo‘ladi", — dey­di chaqaloqlarning buvisi Raya Bazarova.

Chaqaloq­larning sog‘lom unib-o‘sishi uchun Bazarovlar oilasiga ko‘p­lab tashkilotlar tomonidan ko‘­mak berildi. Masalan, «Ma­halla» xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi 300 ming so‘m pul ajratgan bo‘lsa, «Qulquduq» shir­kat xo‘jaligi rahbariyati 4 bosh mayda shoxli mol hadya qil­gan.

Tuman xalq ta'limi muas­sasalari faoliyatini me­todik ta'minlash va tash­kil etish bo‘limi tomonidan esa sog‘in sigir berilgan.

Top