Jamiyat | 14:27 / 12.08.2015
4019
2 daqiqa o‘qiladi

Nepallik talaba o‘z boshiga oyog‘i bilan 1 daqiqada 134 marta zarba berib rekord o‘rnatdi

Nepallik talaba Puskar Nepal Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Buning uchun u 1 daqiqa ichida boshiga o‘z oyog‘i bilan 134 marta zarba bergan. Bu haqda 11 avgust kuni Metro nashrida xabar yozilgan.

Nashrda yozilishicha, talaba rekordlar kitobiga o‘tgan haftada kiritilgan, biroq u rekord uchun harakatni o‘tgan yilning dekabr oyida amalga oshirgan.

"Men rekordlar kitobiga kirishni juda istardim. Men bir necha yil oldin shunday harakatni amalga oshirish orqali bunga erishish mumkinligini bilib qolgandim. Maqsadimga erishish uchun shu yo‘odan borishga qaror qildim", deydi Nepal.

Rekordchining so‘zlariga ko‘ra, u rekord o‘rnatishga tayyorlanish bosqichida 7-8 oy davomida og‘ir mashg‘ulotlarni bajargan.

"U kuniga bir necha soat mashq qilib, ikki oyog‘i bilan boshiga zarba berish texnikasini o‘zlashtirgan", deyiladi The New York Post xabarida.

Uning mashq jarayonini doimiy ravishda qarindoshlari va do‘stlari kuzatib borishgan va uning xavfsizligi haqida qayg‘urishgan.

Ushbu yosh yigit endi Nepalning qishloq hududlaridagi kambag‘al aholi uchun nimadir qilmoqchiligini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, bungacha rekord amerikalik Joel Leyndekerga tegishli edi. Uning natijasi 1 daqiqa ichida boshiga oyog‘i bilan 127 marta zarba berish bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish