Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Orolning qurib qolgan tubida o‘rmonzor yaratishga 100 mln dollar ajratadi
O‘zbekiston Orolning qurib qolgan tubida o‘rmonzor yaratishga 100 mln dollar ajratadi.
Orol fojiasi allaqachon jahon miqyosidagi ekologik muammoga aylangan. Mintaqadagi vaziyatni o‘nglash borasida o‘nlab tashkilotlar faoliyat yuritmoqda, mintaqa va jahon davlatlari turli loyihalarga mablag‘ ajratib kelmoqda.
Ekspertlarning fikricha, ko‘lning qurib qolgan tubida ko‘chatlar o‘tkazish, daraxtzor va o‘rmonzorlar yaratish yerni mustahkamlashga va ekologik vaziyatni bir qadar barqarorlashtirishga yordam beradi.
O‘zbekiston hukumatining 2013-2017 yillarda atrof muhitni muhofaza qilish dasturiga asosan Orolbo‘yi mintaqasini sog‘lomlashtirish ko‘zda tutilgan. Cho‘llashishni to‘xtatish va mikroiqlim yaratish maqsadida u yerga ko‘plab ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan. Loyihaga 89.39 mlrd so‘m, 1 635.55 mln dollar va 57.63 mln yevro ajratiladi.
Qoraqalpog‘iston o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan 1989-2012 yillarda ko‘l tubining 247 459.8 ga hududida o‘rmonlar yaratilgan. Shuningdek, boshqa bir qator tashkilot va idoralar ham ma'lum uchastkalarda ko‘chatlar o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Ammo bu boradagi ishlar hali yana davom ettirilish ko‘zda tutilmoqda.