Jahon | 15:17 / 12.08.2015
2379
1 daqiqa o‘qiladi

Sanktsiya ro‘yxatidagi mahsulotlarning soxtalarini ham yo‘q qilish taklif qilinmoqda

Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorat idorasi sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan mahsulotlarning soxtalarini ham ularning tarqalishiga xizmat qilayotgan ishlab chiqaruvchilar va savdo tarmoqlari hisobidan yo‘q qilishni taklif etmoqda. Bu haqda idora rahbari Sergey Dankvert ma'lum qildi, deydi RIA Novosti.

Uning qayd etishiga ko‘ra, idoraning birinchi navbatdagi vazifasi soxtalashtirilgan mahsulotlarni yo‘q qilish va hujjatlarni soxtalashtirish ustidan nazorat o‘rnatishdan iborat.

“Ko‘pchilik hamkasblarimiz jarimaga tortish lozimligini aytishadi. Jarima – ikkilamchi ahamiyatga ega. Birinchi bo‘lib bunday soxta mahsulotlarni ularni ishlab chiqarayotganlar hisobidan yo‘q qilish kerak. Agarda do‘konlarda aniqlansa, demak savdo nuqtasi hisobidan”, deydi Dankvert.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish