Texnologiya | 10:52 / 12.08.2015
2432
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung aylana siferblatli Gear A “aqlli” soatlarini ishlab chiqaradi

Samsung kompaniyasi Gear A “aqlli” soatlarining Project Orbis dasturi asosida tayyorlanayotgan bir nechta modifikatsiyasini taqdim etadi.
Aytilishicha, soat aylana siferblatga hamda aylanadigan navigatsiya hoshiyasiga ega bo‘ladi. Ushbu konstruksiya uchun patent o‘tgan yilning kuzida olingan edi.
Soat 360 × 360 piksel yechimga ega Super AMOLED displeyiga, 768 Mb operativ xotira va 4 Gb sig‘imli flesh-modulga ega bo‘ladi.
Yangi ishlanmaning apparat asosini 1.2 GGts chastotali Exynos 3472 protsessor va 400 MGts chastotali Mali-400 MP4 grafik tizimi tashkil qiladi. Soatni quvvat bilan 250 mA/soatli batareya ta'minlab beradi.
Shuningdek, uskuna NFC texnologiyasini, Bluetooth v4.1 va Wi-Fi b/g/n simsiz aloqa modullarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Samsung Gear A’ning uchta modeli tayyorlanmoqda, ular SM-R720, SM-R730 va SM-R732, kompaniyaning ichki hujjatlarida esa Orbis S1, Orbis S2 va Orbis Classic nomlari bilan atalmoqda. Oxirgi modelda uyali aloqa ham bo‘lishi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish