Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sky Sport Italia: Jyeko "Roma" bilan shartnoma imzoladi
"Manchester Siti"ning bosniyalik hujumchisi Edin Jyeko Rimning "Roma" jamoasiga o‘tdi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri akkauntida yozilgan.
Futbolchining taqdimoti 13 avgust kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.
Shartnomaning boshqa jihatlari haqida hozircha aniq ma'lumotlar berilmagan.
Biroz oldinroq, rimliklar bu 29 yoshli futbolchi uchun 23 mln yevro taklif qilishayotgani haqida xabar berilgandi. U "Roma" bilan 5 yillik shartnoma imzolashi va yiliga 4,5 mln yevro maosh olishi aytilgan.
Ma'lumot uchun, Edin Jyeko o‘tgan mavsumda "shaharliklar" safida 22 o‘yinda ishtirok etib, 4a gol urgan va 3ta golli uzatma muallifiga aylangan.