Sport | 19:22 / 12.08.2015
1881
1 daqiqa o‘qiladi

Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Moskva Gran-Prisida ishtirok etadi

O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi Moskva shahrida o‘tkaziladigan Gran-Pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro turnirda ishtirok etish uchun bugun Rossiya poytaxtiga jo‘nab ketadi.

2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun reyting ochkolar o‘ynaladigan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini – jahon chempioni Dmitriy Shokin, jahon chempionati kumush medal sovrindori Jasur Boyqo‘ziyev va Nikita Rafalovich, shuningdek, Vladislav Xan hamda Maksim Rafalovich joy olgan.

Gran-Pri turniri 14-16 avgust kunlari o‘tkaziladi va unda g‘oliblikka erishgan sportchilar 40 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish