17:19 / 12.08.2015
2917

The Economist jurnali Fiat va «Yuventus» egasiga sotildi

Pearson Plc kompaniyasi Britaniyada chop etiluvchi The Economist jurnalidagi o‘z ulushini italiyalik milliarder oila – Anellilar egalik qiluvchi Exor SpA kompaniyasiga 731 mln dollar evaziga sotdi, deya xabar berdi Bloomberg nashri.

Kelishuv bir necha bosqichda amalga oshadi va yakunda Exor SpA kompaniyasi The Economistning Pearson Plcga tegishli bo‘lgan barcha ulushiga egalik qiladi.

Pearson Plc bundan avvalroq Financial Times gazetasini ham Yaponiyaning Nikkei mediaxoldingiga 1,32 mlrd dollarga sotgan edi.

Top