Sport | 18:40 / 12.08.2015
2225
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda regbi bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkaziladi

O‘zbekiston Prezidentining 2013 yil 25 fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2015 yilning 17-23 avgust kunlari Toshkentda regbi sport turi bo‘yicha murabbiylar uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etiladi.

Mazkur seminar Olimpiya birdamligi dasturi asosida tashkil etilib, Xalqaro Regbi federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Respublika regbi federatsiyasi hamkorligida o‘tkaziladi. Mazkur seminarda O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan murabbiylar nazariy va amaliy bilimlarini yanada boyitadi.

Ushbu seminarga Xalqaro Regbi federatsiyasining yetakchi ekspertlari Geyt Jalajyel (Iordaniya) va Nikolay Vatushkin rahbarlik qiladi. Seminarning ochilishiga bag‘ishlangan tadbir 17 avgust kuni soat 10:00da futbol bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish