07:49 / 12.08.2015
7306

Tramp yuan devalvatsiyasi haqida: Xitoy AQShni “vayron qilmoqda”

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp Xitoy yuanining devalvatsiyasi AQShga “vayron qiluvchi kuch” sifatida ta'sir qilmoqda, deb ta'kidlamoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

“Ular bizni vayron qilmoqda. Ular o‘z valyutalarini devalvatsiya qilishni davom ettirmoqdalar va buni kelgusida ham qilishadi. Ular yuanning kuchli pasayishiga erishadilar va bu biz uchun vayronakor ta'sir qiladi”, deb aytmoqda Tramp.

Tramp CNN telekanaliga bergan intervyusida “Xitoy AQShdagi ish o‘rinlarini egallab, u orqali boyigani” ta'kidlab o‘tdi.

Reuters’ning ma'lum qilishicha, Xitoy Trampni qattiq xavotirlantiradi. Milliarder o‘zining prezidentlik kampaniyasining boshidan beri AQSh iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun Pekin bilan “keskin tarzda gaplashib qo‘yishga” va'da berib kelmoqda.

Top